Luma AIda kutilgan yangilik! Luma AI o‘zining Dream Machine...
Luma AIda kutilgan yangilik!
Luma AI o‘zining Dream Machine platformasiga Modify Video funksiyasini joriy etdi. Endi AI kamera harakati o‘zgartirmasdan videoni qayta ijod qila oladi. Telefondan olingan qisqa videoni yuklasangiz, u kino uslubidagi sahnaga aylantiriladi – masalan, oddiy xonada olingan video kosmos sahnasiga aylanadi.
U matnli ko‘rsatmalar va referens yuklash orqali ishlaydi. Uchta rejim mavjud: yengil stilizatsiyadan tortib tasvirni to‘liq qayta ishlashgacha. Maksimal video uzunligi 10 soniya bo‘lib, ovoz saqlanib qoladi. Funksiya Luma AI veb-sayti va iOS uchun Dream Machine ilovasida mavjud.
Bu imkoniyat ijodkorlar uchun video tahrirlashni soddalashtiradi va fantastik effektlar qo‘shishga yordam beradi. Luma AI ushbu funksiya orqali mobil videolarning kinematik imkoniyatlarini kengaytirishni maqsad qilmoqda.
Sizningcha, bunday funksiya qanday loyihalarda foydali bo‘lardi?
————
Do’stlaringizga ham eng yaxshisini baxam ko’rishni unutmang!
👍 @Terabit_Uz |🌐 Terabit.Uz | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram
Similar channels





