iOS 26 real vaqtda qo‘ng‘iroqlarni tarjima qila oladi. iOS ...

iOS 26 real vaqtda qo‘ng‘iroqlarni tarjima qila oladi.
iOS 26 operatsion tizimida yangi funksiya joriy etiladi: real vaqtda qo‘ng‘iroqlarni tarjima qilish. Oddiy ovozli qo‘ng‘iroq paytida iPhone suhbatdoshning nutqini tanlangan tilda subtitrlar sifatida ko‘rsatadi.
Bu imkoniyat suhbatdoshda iPhone bo‘lmasa ham ishlaydi va ayniqsa ovozli qo‘ng‘iroqlarda, video qo’ng’iroqlarda hamda chat’da foydali bo‘ladi. Tarjima to‘g‘ridan-to‘g‘ri interfeys ustida ko‘rinadi, bu esa suhbatni yanada qulayroq va tushunarliroq qiladi. Yangi funksiya “Tarjimon” ilovasining yangilangan versiyasining bir qismi bo‘ladi. Bu yangilik ko‘p tilli muloqotni soddalashtirib, iPhone’ni global aloqa vositasi sifatida yanada kuchli qiladi. Apple bu funksiyani iOS 26’da 2025-yil oxirida chiqarishi kutilmoqda.
Sizningcha, real vaqtda tarjima qo‘ng‘iroqlarni qanchalik qulayroq qiladi?
————
Do’stlaringizga ham eng yaxshisini baxam ko’rishni unutmang!
👍 @Terabit_Uz |🌐 Terabit.Uz | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram
Similar channels




