Grok sun’iy intellektini Telegramga integratsiya qilinmoqda ...
Grok sun’iy intellektini Telegramga integratsiya qilinmoqda
Telegram va Elon Musk’ning sun’iy intellekt kompaniyasi xAI o‘rtasida Grok sun’iy intellektini messenjerga integratsiya qilish bo‘yicha hamkorlik e’lon qilindi. Bu hamkorlik doirasida xAI Telegram’ga 300 million dollar miqdorida sarmoya kiritadi.
Grok sun’iy intellekti Telegram’ga alohida bot sifatida emas, balki messenjerning o‘ziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya qilinadi. Bu foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
⏺️Qidiruv orqali savollarga javob olish
⏺️Xabarlarni avtomatik to‘ldirish
⏺️Katta fayllardan qisqacha ma’lumotlar olish
⏺️Postlarni faktlar asosida tekshirish
Grok funksiyalari Telegram Premium foydalanuvchilari uchun mavjud bo‘ladi. Ba’zi kengaytirilgan funksiyalar esa X Premium obunasini talab qiladi.
Telegram, Grok orqali amalga oshirilgan obunalar daromadining 50 foizini oladi. Integratsiya 2025-yil yozida boshlanishi rejalashtirilgan.
Bu hamkorlik xAI’ning X platformasidan tashqaridagi ilk kengayishi bo‘lib, kompaniyaga bir milliarddan ortiq foydalanuvchiga ega Telegram orqali sun’iy intellekt xizmatlarini kengaytirish imkonini beradi.
Sizningcha, Grok’ning Telegram’ga integratsiyasi uni qanday o‘zgartiradi?
————
Do’stlaringizga ham eng yaxshisini baxam ko’rishni unutmang!
👍 @Terabit_Uz |🌐 Terabit.Uz | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram
Similar channels




