Terabit.Uz: IT texnologiyalari

@terabit_uz
Latest publications
Publication date:
16 Apr, 17:47

Waveshare PocketTerm35: Raspberry Pi asosidagi ixcham portativ qurilma
Waveshare PocketTerm35 – bu Raspberry Pi platformasida yaratilgan, ixcham va ko‘chma qurilma bo‘lib, u 3,5 dyuymli IPS-displey va o‘rnatilgan klaviaturaga ega. Ushbu qurilmada Raspberry Pi bir platali kompyuteri ishlatiladi va u Linux distributivlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Uning ekranining o‘lchami 480×320 pikselni tashkil etadi. Quvvat USB-C orqali ta’minlanadi. Shuningdek, qurilmada GPIO, HDMI va USB interfeyslari mavjud.
Batafsil ma'lumot saytda: Terabit.Uz
#terabit_uz, #raspberrypi
______________
Do'stlaringizga ham eng yaxshisini baxam ko'rishni unutmang!
👍 @Terabit_Uz
👁 11 💬 0 🔁 0 Publication date:
16 Apr, 17:30

IPv8: Internet Protikolining Yangi Avlodi IPv4 ni Almashishga Tayyormi?
Internet Muhandislik Kengashi (IETF) IPv8 protokoli spetsifikatsiyasining birinchi loyihasini taqdim etdi. Bu IPv4 manzil tanqisligini bartaraf etish va infratuzilmani ko'chirishni soddalashtirish maqsadida IPv4 ning potentsial o'rnini bosuvchisi sifatida ko'rilmoqda. Ma’lumki, IPv6 moslik muammolari va o'tishning yuqori narxi tufayli IPv4 ni to'liq almashtira olmadi.
IPv8 ning asosiy afzalligi uning IPv4 bilan mosligidir. Manzil formati IPv4 manzilining oldiga to'rtta raqamli blokni qo'shish orqali kengaytiriladi, masalan, 0.0.0.0.192.168.1.0. Bunda IPv4 ning dastlabki tuzilishi saqlanib qoladi.
Batafsil ma'lumot saytda: Terabit.Uz
#terabit_uz, #IPv8
______________
Do'stlaringizga ham eng yaxshisini baxam ko'rishni unutmang!
👍 @Terabit_Uz
👁 14 💬 0 🔁 0 Publication date:
14 Apr, 12:58

😅 Xiaomi texnikadan tashqariga chiqib, muzqaymoq chiqarishni boshladi
Eng qiziq tomoni ular muzqaymoqni smartfonlardagidek Standard, Pro va Max versiyalariga bo‘lishgan. Standart versiya 5.99 yuan (1 dollar), Pro versiya 1 dona pechenye bilan 6.99 yuan, Max versiya esa 3 ta pechenya bilan 8.99 yuan.
@Terabit_Uz
👁 38 👍 1 💬 0 🔁 0 Publication date:
12 Apr, 11:13
Gamerlar aviatsiya dispetcheri lavozimiga taklif etilmoqda
AQSh Fuqaro Aviatsiyasi Boshqarmasi (FAA) videoo‘yin muxlislari uchun hayratlanarli reklam kampaniyasini ishga tushirdi. Kampaniyaning asosiy g‘oyasi shundaki, o‘yinlar gamerlarni yangi martabaga tayyorlab kelgan, yaxshi o'yin mahoratiga ega hamma aviatsiya dispetcheri bo'la oladi.
FAA videoroliklarining asosiy xabari shundan iboratki, o‘yinlar gamerlarni yangi karyeraga tayyorlab kelgan. Ularga yiliga taxminan 155 ming dollar (12 million rubl) to‘lashga va’da berishmoqda. Demak, gamerlarning reaksiyasi qanday bo'ladi?
Batafsil ma'lumot saytda: Terabit.Uz
#terabit_uz, #gamer_karyera
______________
Do'stlaringizga ham eng yaxshisini baxam ko'rishni unutmang!
👍 @Terabit_Uz
👁 53 👍 1 💬 0 🔁 0 Publication date:
11 Apr, 12:23

Xiaomi HyperOS 3.1 global yangilanishi boshlandi: Qo'llab-quvvatlanadigan qurilmalar ro'yxati
Xiaomi, Redmi va POCO qurilmalari uchun Android 16 bazisidagi HyperOS 3.1 global yangilanishi tarqala boshladi. Ushbu yangilanish ko'plab foydalanuvchilar tomonidan intiqlik bilan kutilgan edi.
Roʻyxatdan Xiaomi 17, Xiaomi 15T Pro, Xiaomi Pad 7 kabi smartfon va planshetlar oʻrin olgan. Biroq, yangilanish bosqichma-bosqich tarzda tarqatilmoqda va hozircha barcha foydalanuvchilar uchun mavjud emas. Shunday ekan, o'z qurilmangizga yangilanish kelishini biroz sabr bilan kutishingizga to'g'ri keladi.
HyperOS 3.1 shunchaki yangilanish emas, balki operatsion tizimning jiddiy takomillashtirilgan versiyasidir. U bir qator yangi funksiyalar, optimallashtirishlar va xavfsizlik patchlarini o'z ichiga oladi. Yangi interfeys elementlari ham e'tibordan chetda qolmagan.
Batafsil ma'lumot saytda: Terabit.Uz
#terabit_uz, #xiaomi, #hyperos
______________
Do'stlaringizga ham eng yaxshisini baxam ko'rishni unutmang!
👍 @Terabit_Uz
👁 55 👍 1 💬 0 🔁 0
Russian




