Xiaomi’dan ultra yupqa MagSafe’li tashqi akkumulyator. Xiao...

Xiaomi’dan ultra yupqa MagSafe’li tashqi akkumulyator.
Xiaomi ultra yupqa tashqi akkumulyatorining korpusi atigi 8,7 mm bo‘lib, 5000 mA·soat quvvatga ega va narxi 23 dollar. Qurilma 15 Vt’gacha simsiz zaryadlash va USB-C orqali 22,5 Vt’gacha simli zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Ikki qurilmani bir vaqtda zaryadlash mumkin: biri simli, boshqasi simsiz.
Texnik xususiyatlari: Akkumulyator 17 ta N52 (ushlash kuchi 10H bo’lgan) magnitiga ega. Grafenli sovutish tizimi va ikkita termodatchik tufayli qizib ketishning oldi olinadi. 300 zaryadlash siklidan so‘ng quvvatning 80% dan ko‘prog‘i saqlanadi. Korpus alyuminiy qotishmasi va shisha tolasidan yasalgan bo‘lib, qizib ketish va ortiqcha zaryadlashdan himoyalovchi to‘qqiz darajali xavfsizlik tizimi mavjud.
Foydalanish afzalliklari: Akkumulyator yengil (93 g) va ixcham bo‘lib, iPhone 15 kabi MagSafe qurilmalari uchun ideal. Xiaomi ushbu model bilan portativ zaryadlashda yangi standart o‘rnatmoqda.
Sizningcha, bunday yupqa akkumulyator kundalik hayotda qanchalik qulay?
————
Do’stlaringizga ham eng yaxshisini baxam ko’rishni unutmang!
👍 @Terabit_Uz |🌐 Terabit.Uz | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram
Similar channels





